Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 18.10.2026
1. Biz kimmiz
Eurobrend do'koni (sayt, Instagram @eurobrend.shop, Telegram) "GAYRAT ONLAYN SERVIS" MCHJ, STIR 311902707 ga tegishli. Manzil: Beruniy ko'chasi 8, Shayxontohur tumani, Toshkent 100035, O'zbekiston. Aloqa: Telegram @Eurobrendshop_support, +998979360888.
2. Qanday ma'lumotlarni olamiz
- Buyurtmada: ismingiz, telefon raqamingiz, yetkazish manzili, viloyat, izoh, tanlangan mahsulot va o'lchamlar.
- Yozishmada (Instagram Direct, Telegram): tarmoqdagi ismingiz yoki nikingiz, bizga yuborgan matn va ovozli xabarlaringiz.
- Texnik: IP-manzil, qurilma va brauzer turi, qayerdan kelganingiz (masalan, reklama), yoqilgan bo'lsa Meta Pixel va Google cookie fayllari.
3. Nima uchun
- Buyurtmani qabul qilish, tasdiqlash va yetkazish, o'lchamni bron qilish, kiyib ko'rish va almashtirishni tashkil qilish uchun.
- Savollaringizga javob berish uchun. Xabarlarning bir qismiga virtual yordamchimiz Sora (sun'iy intellektga asoslangan dastur) javob beradi. Sora har doim virtual ekanini aytadi va kerak bo'lsa suhbatni xodimga topshiradi.
- Reklama natijasini o'lchash va saytni yaxshilash uchun (Meta, Google) — ma'lumotlaringizni sotmasdan.
4. Ma'lumotlarni kimga beramiz
Faqat buyurtma va aloqa uchun kerak bo'lganlarga: kuryer xizmatlari (masalan, Yandex, BTS Pochta), yozishma o'tadigan Meta (Instagram, Facebook) va Telegram platformalari, reklamani o'lchash uchun Google va Meta, hamda Sora javobi uchun xabar matnini qayta ishlaydigan sun'iy intellekt texnologiyasi yetkazib beruvchisi. Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz.
5. Qancha saqlaymiz
Buyurtma ma'lumotlari — buyurtma, almashtirish va qonun bo'yicha hisob uchun kerak bo'lguncha. Yozishmalar — xizmat uchun kerak bo'lgandan ortiq emas. Keyin ma'lumotlar o'chiriladi yoki shaxssizlantiriladi.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish, uni tuzatish yoki o'chirishni talab qilish, reklama xabarlaridan voz kechish huquqiga egasiz. Bizga yozing: Telegram @Eurobrendshop_support, +998979360888. Ma'lumotni o'chirish: yo'riqnoma.
7. Qonun
Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlanadi.